Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega bo‘lishi mumkin

  • 17.10.2022
  • 1044 marta o'qildi

Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–793-son, 12.10.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

  • Qonun bilan elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.
  • Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligi eʼtirof etildi.
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ERIdan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi hamda shaxslar o‘rtasidagi ERIdan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. 

ERI kalitini berish yoki uning sertifikatini ro‘yxatga olish bir ish kunidan oshmasligi kerak.

  • ERI kalitiga ega bo‘lgan shaxslar ERI mavjud bo‘lishi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
  • Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir ERI kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.

ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ro‘yxatga olingan paytdan eʼtiboran 24 oydan oshmasligi kerak. Bunda ERIning amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. 

O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari, shuningdek chet el jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ERIni konsullik muassasalari, shuningdek diplomatik vakolatxonalarning konsullik bo‘limlari orqali olishi mumkin.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Chat