Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining maqsad va vazifalari belgilandi

  • 07.11.2022
  • 1339 marta o'qildi

Hukumat qarori (645-son, 04.11.2022 y.) bilan Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, Jamg'armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, jumladan:

  • og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko'rsatish; 
  • oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko'maklashish;
  • mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallashda ularga ko'maklashish va rag'batlantirishdan iborat.

Og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo'llab-quvvatlash Jamg'arma mablag'lari sarflanadigan asosiy yunalishlardan biri hisoblanadi.

Ma'lumot uchun: Prezidentning 2022 yil 1 martdagi Farmoni bilan Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi sifatida qayta tashkil etilgan.

Chat