Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti tashkil etiladi

  • 19.01.2023
  • 978 marta o'qildi

Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–11-son, 16.01.2023 y.) qabul qilindi

  • Farmon bilan 2023 – 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.

  • Strategiya doirasida sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron maʼlumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish odil sudlovni taʼminlashning vazifalaridan biri etib belgilandi.

Farmonga ko‘ra, sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash choralari belgilanadi.

Quyidagilar Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi etib belgilandi:

  • Bosh prokuraturaning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmalari;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarining jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash bo‘yicha tegishli bo‘lim va tarmoqlari;

  • tuman (shahar) prokurorlarining mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli o‘rinbosari va yordamchilari.

Oliy Sud tizimida Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti tashkil etiladi.

Shuningdek, 2023 – 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimining axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Chat