Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha ustamalar beriladi

  • 19.01.2023
  • 1001 marta o'qildi

Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3416, 16.01.2023 y.)

Nizomga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi 2 yo‘nalish bo‘yicha sarflanadi:

  • 75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;

  • 25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda taʼmirlashga.

Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:

  • tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;

  • yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar

  • oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar;

  • tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.

Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.

Chat