Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Tarix va geografiya yo'nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi

  • 27.01.2023
  • 1139 marta o'qildi

Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobiZahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risida” i Prezident qarori (PQ–20 son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra:

  • Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligiva madaniyati rivojida tutgan o'rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o'tkaziladi; 
  • Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ'ibot dasturi amalga oshiriladi;
  • Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag'ishlab suratga olinayotgan “Yo'lbarsning tug'ilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko'riladi;

Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:

  • o'zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”ning to'ldirilgan uchinchi nashri;
  • Bobur” kitob-albomi;
  • Bobur asarlari lug'ati;
  • Bobur devonining mukammal nashri.

2023/2024 o'quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo'nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi.

2023 yil 1 avgustgacha o'zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.

Chat