Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Paxta maydonlarni sug'orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi

  • 31.01.2023
  • 940 marta o'qildi

Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 26.01.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning taʼsischilarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan bo‘ladigan munosabatlariga taʼsir o‘tkazish qatʼiyan man etiladi;

  • paxta-to‘qimachilik klasterlariga to‘rt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.

2023 yil hosilidan har yili 1 oktyabrgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023 yil hosili uchun 2023 yil 1 fevralga qadar). 

Shuningdek, 2023 yildan:

  • xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi;

  • paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

2025 yil 1 yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral o‘g‘itlarga bojxona bojining “nol” stavkasi qo‘llaniladi.

Chat