Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritildi

  • 07.02.2023
  • 978 marta o'qildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–816-son, 06.02.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

Jumladan, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:

Haydovchilar tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha litsenziya uchun BHMning 10 baravari (3 mln. soʻm) miqdorida davlat boji undiriladi. 

Shuningdek, haydovchilarni tayyorlash uchun litsenziyani Ichki ishlar vazirligi berishini inobatga olgan holda boshqa nodavlat taʼlim faoliyatini litsenziyalash ustunida (29-ustun) haydovchilarni tayyorlash istisno ekanligi belgilab oʻtildi.

Chat