Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Turkiya Respublikasi bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi

  • 23.02.2023
  • 987 marta o'qildi

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–65-son, 22.02.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.\

Chat