Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi

  • 28.02.2023
  • 377 marta o'qildi

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi.

Mazkur ro‘yxat “Advice.uz” huquqiy portaliga joylashtiriladi.

2023/2024 o‘quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.

2023/2024 o‘quv yilida:

  • abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid maʼlumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘ladi;

  • bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi.

O‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga taʼlim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi.

Joriy yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan taʼminlanadi.

Qarorga ko‘ra shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Chat