Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi

  • 14.03.2023
  • 843 marta o'qildi

Qonun (O‘RQ–822-son, 13.03.2023 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

  • umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan talon-toroj qilish o‘g‘rilik deb belgilandi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi maʼmuriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: 

  • BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha) miqdorda jarima; 

  • yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish.

Chat