Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslikka daʼvat qilganlik javobgarlikka sabab bo‘ladi

  • 26.04.2023
  • 580 marta o'qildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–832, 25.04.2023 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi

Shunga ko‘ra:

1) Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklarni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko‘rsatilgan muddatda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu bo‘linmalarda hozir bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik –

BHMning 1 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek:

2) Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda daʼvatlar qilish, xuddi shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish –

BHMning 3 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Chat