Isteʼmolchi tovar (ish, xizmat) erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli tanlash huquqiga ega.
Isteʼmolchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan eʼtiboran 10 kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning isteʼmol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, isteʼmolchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, isteʼmolchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.
Sotuvchi belgilangan muddatda nooziq-ovqat tovarlari saqlanib qolgan holda qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Agar sotuvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra tovarni qaytarib olishdan yoki tovarni almashtirishdan bosh tortsa, u holda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga (tel.1159) murojaat qilishingiz kerak.
Isteʼmolchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Daʼvolar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, isteʼmolchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Isteʼmolchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq daʼvolar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari isteʼmolchining (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan daʼvolar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi huquqlari bilan ushbu havolada tanishin.
Isteʼmolchining asosiy huquqlari bilan ushbu havolada tanishin.
Nuqsonli tovarni almashtirish va nuqsonni bartaraf etish bilan ushbu havolada tanishin.
Isteʼmolchiga yetkazilgan zararni qoplash bilan ushbu havolada tanishin.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi.