Unga ko‘ra:
♦ tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 noyabrdagi 738-son qaroriga asosan taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yagona talablar belgilandi;
♦ hujjatlar elektron axborot tizimi orqali taqdim etilayotganda umumiy tartibda, tan olish orqali yoki ro‘yxatga olish maʼlumotlariga o‘zgartirish kiritish va guvohnoma muddatini uzaytirish holatlarida ekanligi belgilanadi;
♦ tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini xalqaro talablar (IMDRF va GHWP) bilan uyg‘unlashtirish nazarda tutildi.
♦ tibbiy jihozning markirovkasi matnida quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi lozim:
➖ tibbiy jihozning nomi, agar mavjud bo‘lsa tovar belgisi, tibbiy jihoz to‘plam shaklida taqdim etilganda, ushbu to‘plamga kiritilgan mahsulotlar ro‘yxati;
➖ ishlab chiqaruvchining nomi va uning yuridik manzili, agar mavjud bo‘lsa tovar belgisi va ishlab chiqaruvchi davlat;
➖ ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlariga qo‘yiladigan talablar, tibbiy jihozning partiya/seriya raqami;
➖ steril tibbiy jihozda ogohlantiruvchi yozuv “STERIL”, sterilizatsiya usuliga ko‘rsatma, muvofiqlik belgisi;
➖ tibbiy jihoz bir marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bu to‘g‘risida maʼlumot;
➖ tibbiy jihozni qo‘llashga doir cheklovlar.