Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Banklar endi kredit qarzi uchun kartadagi pullarni yechishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng mablag‘ni saqlab qolishi kerak

  • 15.10.2026
  • 13 marta o'qildi

Adliya vazirligi tomonidan Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3030-13, 2026 yil 9 oktyabr).

2027 yil 10 yanvardan kuchga kiradigan yangi tartibga ko‘ra, mijozning roziligisiz kredit yoki kafillik to‘lovlarini undirishda banklar mijozning bank kartasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmiga teng mablag‘ni (bugungi kunda 680 ming so‘m) saqlab qolishi shart. 

Mazkur talab fuqarolarning eng zarur kundalik ehtiyojlari uchun mablag‘siz qolishining oldini olish va bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Chat