Shaxsga doir ma’lumotlarning internetga sizib chiqishi faqat parol yo‘qotilishi bilan cheklanmaydi. F.I.Sh., telefon raqami, JShShIR, pasport yoki avtomobil ma’lumotlari firibgarlarga ishonchli soxta qo‘ng‘iroqlar qilish, fishing xabarlar yuborish yoki shaxs nomidan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkonini berishi mumkin. Qonunchilik esa ma’lumot egasiga o‘z ma’lumotlari qanday ishlatilayotganini bilish, rozilikni qaytarib olish va huquqlarini himoya qilish uchun murojaat etish huquqini beradi.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlari internetda tarqalgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar JShShIR, manzil va pasport ma’lumotlarini turli Telegram-botlarda uchratganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarning tarqalishi har doim ham serverga xakerlik hujumi qilinganini anglatmaydi.
Bunga, jumladan:
API tizimidagi avtorizatsiya xatolari;
noto‘g‘ri sozlangan ma’lumotlar bazalari;
ichki kirish huquqining suiiste’mol qilinishi;
uchinchi tomon servis va integratsiyalari;
fishing va zararli dasturlar
sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot qanday yo‘l bilan sizib chiqqanidan qat’i nazar, operator qonunda nazarda tutilgan himoya choralarini ko‘rishi shart.
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasiga ko‘ra, fuqaro o‘ziga tegishli qanday ma’lumotlar mavjudligini bilish, ularga ishlov berish haqida axborot olish, bergan roziligini qaytarib olish va huquqlarini himoya qilish uchun vakolatli davlat organi yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Qonunning 27 va 28-moddalari operator zimmasiga ma’lumotlarning yaxlitligi, maxfiyligi va qonunga xilof ishlov berilishining oldini olish majburiyatini yuklaydi.
SMS-kod va karta ma’lumotlarini hech kimga bermang;
muhim hisoblarda ikki bosqichli himoyani yoqing;
nomingizga begona kredit rasmiylashtirilmaganini tekshiring;
SIM-kartani qayta chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha himoya imkoniyatlarini aniqlang;
shubhali operatsiya yuz bersa, darhol bank va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
Yo‘q.
Amaldagi 27¹-moddaga ko‘ra, O‘zbekiston hududida majburiy saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarga biometrik, genetik hamda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi telekommunikatsiya operatorlari xizmatlaridan foydalanuvchilar ma’lumotlari kiradi.
Boshqa shaxsga doir ma’lumotlar qonunda belgilangan himoya kafolatlari mavjud bo‘lsa, xorijda ham saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ–547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ma’lumotlarni saqlash qoidalariga oid amaldagi tahrir 2026-yil 26-martdagi O‘RQ–1125-son Qonun bilan kiritilgan.
Kiberxavfsizlik sohasidagi umumiy talablar 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ–764-son “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.