Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekiston Davlat gerbidagi yozuvni «Özbekiston» shakliga o‘zgartirish taklif etildi

  • 24.11.2026
  • 17 marta o'qildi

Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan Hukumat qarori loyihasida Davlat gerbi va davlat mukofotlaridagi yozuvlarni yangilangan o‘zbek alifbosiga moslashtirish taklif qilinmoqda. Gerb tasmasidagi mamlakat nomining birinchi harfi «Ö» shaklida yozilishi ko‘zda tutilgan.


Gerbdagi yozuv qanday o‘zgaradi?

Amaldagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasida gerbning pastki qismidagi tasma bantida «Oʻzbekiston» deb yozilishi belgilangan. Bu yozuv 2010-yilda kiritilgan: o‘shanda mamlakat nomi kirill yozuvidan lotin yozuviga o‘tkazilgan edi. Yangi loyihada uni «Özbekiston» shakliga moslashtirish taklif etilgan.

Orden, medal va boshqa davlat mukofotlari yozuvlarida uchraydigan gʻ, oʻ, sh va ch shakllarini ham tegishlicha ğ, ö, ş va ç bilan almashtirish ko‘zda tutilgan. Loyihada tegishli hujjatlarni 2027-yil aprelida tayyorlash, iyunda esa kelishib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish taklif qilingan.

Binolarga o‘rnatilgan gerblardan qancha vaqt foydalaniladi?

Alifboni yangilash to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, davlat idoralari binolaridagi bo‘rtma gerb tasvirlaridan ular yaroqsiz holga kelguniga yoki qonun ijrosi bo‘yicha dasturda belgilangan muddatgacha foydalanish mumkin.

Alifboni yangilash to‘g‘risidagi O‘RQ–1184-son Qonun 2027-yil 22-aprelda kuchga kiradi. Gerb va davlat mukofotlaridagi yozuvlarni moslashtirish choralari Hukumat qarori loyihasida muhokamaga qo‘yilgan.

Hukumat qarori loyihasi · O‘RQ–1184-son Qonun — Lex.uz

Chat