Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8376 marta o'qildi

Bank yacheykasi (depozitar yacheyka, individual bank seyfi) – mijozlarga buyumlarni saqlash uchun ijaraga beriladigan bankdagi raqamlangan seyf.

  • Bu xizmatdan foydalanish uchun bank yacheykasi ijarasi to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Buning uchun shunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi bankka pasport (ID karta) taqdim etish kifoya.
  • Shartnomada yacheyka hajmi va ijara muddati ko‘rsatiladi. Bank yacheykalari ijarasi tariflari bank tomonidan yacheykaning hajmi va saqlash muddatidan kelib chiqib o‘rnatiladi.
  • Shartnoma rasmiylashtirilgach, mijozga yacheyka kaliti beriladi, u mijozda saqlash muddati davomida qoladi.

Yacheykada qurol-yaroq, narkotik, portlovchi, zaharli yoki radioaktiv moddalar, iste’mol mahsulotlari yoxud boshqa tez buziladigan buyumlar saqlanishi taqiqlanadi.

Yacheykani ochish uchun mijoz pasport (ID karta) taqdim etishi lozim.

Chat