Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21324 marta o'qildi

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga yo‘naltirish tartibi (Toshkent sh. dan tashqari):
  • qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan — tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalariga yo‘llanma beriladi. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha dispanser ro‘yxatida turgan mijozlarga yo‘llanmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasallik ixtisosligi bo‘yicha tegishli viloyat tibbiyot tashkilotlariga berilishi mumkin;
  • tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari tomonidan — tibbiyot birlashmalarining tegishli statsionar bo‘linmalariga yoki viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga;
  • viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan — respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yo‘llanma beriladi.

Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga yo‘naltirish tartibi:
  • shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan — tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarga yo‘llanma beriladi. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha dispanser ro‘yxatida turgan mijozlarga yo‘llanmalar kasallik ixtisosligi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli shahar (respublika) tibbiyot tashkilotlariga berilishi mumkin;
  • markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar tomonidan — shahar (respublika) darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yo‘llanma beriladi.

Imtiyozli toifaga kiradigan yo‘llanma berilgan mijozlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida beriladigan order rasmiylashtiriladi.

Zarurat bo‘lganda Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari mijozlarning imtiyozli toifasini bepul tibbiy yordam olish uchun o‘zining idoraviy mansub tibbiyot muassasalariga yo‘naltirishi mumkin. Imtiyozli toifaga kiradigan mijozlarni shifoxonaga yotqizish maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror tibbiyot tashkilotining tibbiy-tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Chat