Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 109705 marta o'qildi

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish davlat xizmati ham voqea yuz bergan joyning o‘zida, ham to‘satdan paydo bo‘lgan kasalliklar, surunkali kasalliklarning keskinlashishi, baxtsiz hodisalar, mayib bo‘lishlar va zaxarlanishlar, homiladorlik va tug‘ruq vaqtida murakkab ahvolga tushish ortida fuqarolarning yoki atrofdagilarning sog‘lig‘i yoki hayotiga xavf soluvchi holat yuz bergan vaziyatlarda statsionarga olib borishda katta yoshdagi va bolalar yoshidagi aholiga kunu tun tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Shifokorni chaqirish shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lganda amalga oshiriladi. Ushbu xizmatdan tunu kun foydalanish mumkin.

Shifokorni shoshilinch ravishda chaqirish uchun bemor yoki uning yonida bo‘lgan shaxs yagona qisqa “103” raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi yoki voqea haqida boshqacha tarzda xabar berishi zarur. Qo‘ng‘iroq bepuldir.

Bemorning ahvoli, hudud relьefi, tez tibbiy yordam brigadasining ish yuklamasidan kelib chiqib shoshilinch tibbiy yordam davlat xizmati shifokoriga bemor oldiga kelishi uchun 20 dan 40 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Tez tibbiy yordm xizmatini qasddan aldab chaqirganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Chat