Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 305 marta o'qildi

Imtiyozlar tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari hamda tashuvchining tashish qoidalariga asosan beriladi.

  • Imtiyozlar yo‘lovchilvrni ayrim toifalariga hamda tejamkor («econom») xizmat ko‘rsatish toifasi tarifiga beriladi.
  • Imtiyozlar "O‘zbekiston xavo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasidan chiptalarni sotib olishda beriladi.

Alohida toifadagi yo‘lovchilarni tashish

Tashuvchi o‘zining tashish qoidalarida quyidagi toifalar uchun tashishning alohida shartlarini o‘rnatishi mumkin:

  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • ota-onalari, vasiylari yoki homiylari hamrohligisiz uchayotgan bolalar;
  • zambildagi kasal yo‘lovchilar;
  • tashish uchun salonda qo‘shimcha joy talab qiladigan yo‘lovchilar;
  • imkoniyatlari cheklangan, shu jumladan o‘rindiq-aravachada tashiladigan yo‘lovchilar yoki o‘zlarining harakatlanishlari uchun maxsus uskunalardan foydalanuvchi yo‘lovchilar;
  • qurol va o‘q-doriga ega bo‘lgan yo‘lovchilar;
  • deportatsiya qilingan yo‘lovchilar va mamlakatga kirishi rad qilingan yo‘lovchilar;
  • o‘ta muhim yo‘lovchilar (VIP);
  • diplomatik kurьerlar;
  • hayvon va qushlarini tashib o‘tayotgan yo‘lovchilar.

O‘quvchilari va talabalar uchun chegirmalar
  • Kunduzgi bo‘lim talabalari va o‘quvchilariga (doimiy istiqomat joylariga borib kelish uchun) 28 dekabrdan 10 yanvargacha 50% chegirma o‘rnatilgan. Chegirma ichki qatnovlar va ekonom klass tariflar (Y) uchun tadbiq etiladi

Kelishuv asosida 50% imtiyozli chegirmalar bilan aviabilet xarid qilish
  • Ikkinchi jahon urushi (IJU) nogironligi bo‘lgan shaxslariga, nogironlikni tasdiqlovchi hujjat va joriy yil uchun havo transporti taloni asosida;
  • IJU 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslariga, nogironlikni tasdiqlovchi hujjati va joriy yil uchun havo transporti taloni asosida;
  • IJU qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shahslarga, urushda qatnashganlikni tasdiqlovchi hujjat va joriy yil uchun havo transporti taloni asosida;
  • IJU 1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga hamroh qiluvchi shaxs, urushda qatnashganlikni tasdiqlovchi hujjat va joriy yilda nogironga hamrohlik uchun berilgan havo transporti taloni asosida.

Aviachipta xarid qilishdagi davriy chegirmalar

Chegirma 50 foizli imtiyoz kelishuvga asosan 1 oktyabrdan 15-maygacha, imtiyozlar muddati tugagandan keyingi tashish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:

  • IJU 1/2/3 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligini tasdiqlovchi hujjat asosida;
  • IJU 1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga hamrohlik qilayotganlarga nogironligini tasdiqlovchi hujjat asosida.

Aviachipta xarid qilishdagi 100 % chegirmalar

Sovet ittifoqi qahramonlariga, shuxrat ordenini kavalerlariga, yilda bir martda (borish va kelish) qahramonlik, orden kitobi va joriy yil uchun talon tasdiqlovchi hujjat asosida.

Chegirma – 100 % imtiyoz kelishuv asosida yil mobaynida:

  • IJU nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironlikni tasdiqlovchi hujjat va ikkita havo transporti taloni asosida(joriy va o‘tgan yoki joriy va kelgusi yil uchun);
  • IJU 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligini tasdiqlovchi hujjat va ikkita havo transporti taloni asosida(joriy va o‘tgan yoki joriy va kelgusi yil uchun);
  • IJU qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shahslarga, tegishli hujjat va ikkita havo transporti taloni asosida(joriy va o‘tgan yoki joriy va kelgusi yil uchun);
  • IJU 1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga hamroh qiluvchi shaxs, urushda qatnashganlikni tasdiqlovchi hujjat va ikkita havo transporti taloni asosida (joriy va o‘tgan yoki joriy va kelgusi yil uchun).

Aviachipta xarid qilishdagi bolalarga chegirmalar
  • 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun joy bermagan holda – chegirma 90%;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar va 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan birga joy bergan holda- 33 dan 50 % gacha chegirmalar;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan va 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan birga joy bergan holda- 50% chegirmalar biznes xizmat ko‘rsatish tariflarida.

Toshkendan Moskvaga, Shardjuga, Dubayga, Kuala-Lumpurga, singapurga, Bankonkga, Stambulga va qaytishga biznes xizmat ko‘rsatish tariflarida bolalar uchun chegirmalar 25 %, Toshkentdan Rigaga va Nьyu-Yorkga biznes xizmat ko‘rsatish tariflarida bolalar uchun chegirmalar 5 % tashkil etadi

«O‘zbekiston xavo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining boshqa chegirma va imtiyozlaribilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting

Chat