Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20450 marta o'qildi

Asosiy tushunchalar:

ijro varaqasi – sud tomonidan beriladigan sud hujjatini majburiy ijro etishni tasdiqlovchi hujjat;

sud qarori – sud muhokamasi o‘tkazilmasdan yakka tartibda chiqariladi;

notariusning ijro xati - qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi ijro xatlarini yozadi.

Ijro hujjatlari
  • sudlar o‘zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari;
  • hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;
  • chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari;
  • sud buyruqlari;
  • alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
  • notariuslarning ijro xatlari;
  • mehnat nizolari komissiyalari o‘z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
  • o‘zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlari;
  • davlat ijrochilarining qarorlari;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.

Ijro hujjatida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
  • ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi;
  • ijro hujjatining qaysi ish bo‘yicha berilganligi va uning tartib raqami;
  • ijro etilishi shart bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana;
  • undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi;
  • sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi;
  • sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana;
  • ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.

Sud buyrug‘ining mazmuni
  • sudning nomi, joylashgan eri va buyruq berilgan sana;
  • ishning raqami, sudьyaning F.I.O, talab nima haqdaligi;
  • qarzdorning F.I.O, yashash joyi yoki pochta manzili;
  • talab qilinayotgan pul miqdori yoki mol-mulk, uning qiymati;
  • qarz hosil bo‘lgan davr;
  • neustoyka, agar u to‘lanishi lozim bo‘lsa;
  • davlat bojining va pochta xarajatlarining summasi.

Sud buyrug‘i chiqarilgan kundan - 10 o‘tib kuchga kiradi.

Alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv aliment to‘lovchi va aliment oluvchi o‘rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Shundagina ushbu kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo‘ladi.

Ijro xatida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
  • ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi;
  • undirib oluvchining nomi va manzili;
  • qarzdorning nomi va manzili;
  • undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
  • undirib olinishi kerak bo‘lgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak bo‘lgan narsalar, shu jumladan to‘lanishi kerak bo‘lgan penya, foizlar;
  • undirib oluvchi to‘lagan yoki qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat boji yoki tarif summalari;
  • ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
  • ijro xatining reestrda qayd etilgan tartib raqami;
  • ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
  • notariusning muhri.

Mehnat nizolari komissiyasilarining qarorlari:

Agar mehnat nizolari bo‘yicha komissiya 10 kunlik muddat ichida yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim yoki uning vakili sudga murojaat qilishga haqli.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi o‘ziga topshirilgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda sudga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat o‘tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Sud o‘tkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, bu muddatni tiklashi va yakka tartibdagi mehnat nizosini mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi mumkin.

Davlat ijrochisining qarori

Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Qaror bilan qarzdorni, uning mol-mulkini, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish va boshqa cheklovlar bekor qilinadi.

Davlat ijrochisi qarorining ko‘chirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Shuningdek, cheklovlarning bekor qilinganligi to‘g‘risida tegishli organlarni yozma shaklda xabardor qiladi.

Chat