Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5979 marta o'qildi

Mediatsiyani amalga oshirish shartlari

Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qo‘llaniladi.

Mediatsiya suddan tashqari tartibda yoki  nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. Sud jarayonida sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar amalga oshiriladi.

Mediatsiya nizoni hakamlik sudida ko‘rish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qo‘llanilishi mumkin.

Mediatsiyada ishtirok etish aybni tan olish dalili bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.

Mediatsiyani amalga oshirish muddati

Mediatsiyani amalga oshirish to‘g‘risidagi muddat kelishuvda belgilanadi.

Bunda mediator va taraflar mediatsiyani 30 kungacha tugallanishi uchun barcha choralarni ko‘rishi kerak.

Zarur bo‘lgan taqdirda, bu muddat taraflarning o‘zaro roziligi bilan yana 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.

Chat