Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17727 marta o'qildi

Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma)

Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim(shartnoma) advokat va yuridik yordam so‘ragan shaxs o‘rtasida tuziladi.

Shartnoma advokat tomonidan taqdim etiladi va oddiy yozma shaklda tuziladi.

Shartnoma shartlari tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi. Advokat tomonidan huquqiy maslahatlar berilganda, arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar yozib berilganda, shartnoma tuzish talab etilmaydi.

Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari
  • topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida o‘z zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari ko‘rsatilgan holdagi ma’lumotlar;
  • topshiriqning predmeti;
  • ko‘rsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan haq to‘lash shartlari;
  • advokatning topshiriqni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;
  • topshiriqni bajarishni o‘z zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va xususiyati.

Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga to‘lanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazilishi shart.

Chat