Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14985 marta o'qildi

Advokatlar mehnatiga haq to‘lash

Yuridik xizmat uchun haq to‘lash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) maxsus ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.

Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga to‘lanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazilishi shart.

Davlat hisobidan to‘lov

Shaxs to‘lovga qobiliyatsizligi sababli ko‘rsatilgan yuridik yordam haqini to‘lashdan ozod etilganda, jinoiy ishni ko‘rib chiqishda qatnashishga tayinlangan advokatning yuridik yordami uchun haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat hisobidan amalga oshiriladi.

Chat