Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 154707 marta o'qildi

Avval nazariy (test) imtihon topshiriladi, undan o‘tganlar amaliy (maxsus maydonchada avtotransport vositasida) imtihon topshiradi.

  • Imtihonlar natijalari tegishli varaqada qayd etiladi va imtihon komissiya bayonnomasi shaklida rasmiylashtiriladi.
  • Imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan shaxslarga xorijiy davlatlarda tan olinadigan xalqaro talablarga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari beriladi.

Haydovchilik guvohnomasi uning egasiga pasporti (o‘rnini bosuvchi hujjat) asosida 10 yilga beriladi.

  • «D» toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqi «V» yoki «S» toifali avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha 3 yillik stajga ega, qayta tayyorlash kurslarini o‘tagan va hududiy YHXBning RvaIOBda nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
  • «VE», «SE» va «DE» toifalaridagi avtotransport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi oxirgi 12 oy mobaynida tegishli toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik stajiga ega bo‘lgan va o‘quv tashkilotida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda hududiy YHXBning RvaIOBda amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy yoki vaqtinchalik turar joylaridagi hududiy YHXBning RvaIOBlarida imtihonlar topshiradi.

Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun to‘lovlar narxi bilan havola orqali tanishing.

Haydovchilikka nomzodlar, shuningdek, milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tugagandan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihonlardan so‘ng kamida etti kun o‘tgandan keyin o‘tkaziladi.

Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u yana qayta nazariy imtihonlarga yuboriladi.

Haydovchilik guvohnomasini olishda topshiriladigan hujjatlar
  • haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqidagi guvohnoma;
  • oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom va o‘quv dasturidagi fanlarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi diplom ilovasining nusxalari;
  • 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • to‘lov to‘langanligi haqidagi to‘lov qog‘ozi;
  • o‘quv tashkiloti tomonidan to‘ldirilib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi;
  • pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat.

 

Chat