Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6808 marta o'qildi

Jismoniy shaxsga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflar quyidagicha tasdiqlanadi:
  • isitishgabir kunlik isitish davriga isitiladigan maydonning 1 kvadrat metriga (so‘m/kv.m/oy);
  • issiq suv ta’minotiga — individual hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha issiq suvning 1 kub metri uchun (so‘m/kub.m).

Issiqlik ta’minoti uchun tariflar

Issiqlik ta’minoti uchun tariflar tarixi

Iste’molchida individual hisobga olish asboblari bo‘lmasa, bir odamga bir oylik (so‘m/kishi/oy) me’yor doirasida tarif qo‘llaniladi.

Turar joyda ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolar va hisobga olish asboblari bo‘lmasa, issiq suv uchun hisob-kitoblar:
  • bir xonali va ikki xonali turar joy binosidagi - 1 kishiga;
  • uch xonali turar joy binosidagi - 2 kishiga;
  • to‘rt xonali turar joy binosidagi - 3 kishiga;
  • besh xonali turar joy binosidagi - 4 kishiga hisobidan amalga oshiriladi.

Iste’molchilar tomonidan xizmatlar uchun to‘lovlar oy tamom bo‘lgandan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay amalga oshiriladi.

Xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar to‘lanmaganda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun:
  • yuridik shaxslar - 0,4 foiz miqdorida;
  • aholi - 0,1 foiz miqdorida penya to‘laydi.

Isitish va issiq suv uchun iste’molchi tomonidan to‘lov cheklashsiz, etkazib beruvchining hisob raqamiga mablag‘ yo‘naltirilgan holda plastik kartochka yoki elektron to‘lovlar tizimi orqali to‘lanishi mumkin.

O‘tgan oydagi issiqlik energiyasi uchun to‘lovni qismlarga bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yiladi.

Isitish va issiq suv xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lov:

Chat