Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018-yildagi 4079-son qaroriga asosan, chet elga chiqish biometrik pasportlari quyidagi muddatlarga beriladi:
- tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha – 2 yilga, bir yoshdan 25 yoshgacha – 5 yilga, 25 yoshdan oshganlarga – 10 yilga muddatga beriladi.
✅ Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirganlik uchun, to‘lovlar miqdori:
- 16 yoshgacha bolalarga – bazaviy hisoblash miqdorining 80% miqdorida
- 16 yoshdan kattalarga – bazaviy hisoblash miqdorining 120% miqdorida.
✅ Voyaga etmagan bolalarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashitirish uchun ota-onani yozma roziligi shart.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 49-sonli qaroriga ko‘ra, fuqarolarga xorijga chikish biometrik pasportini berish:
- xorijdagi konsullik muassasalari;
- Tashki ishlar vazirligining Konsullik-huqukiy departamenti;
- Tashki ishlar vazirligining Qorakalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
✅ Konsullik muassasalari tomonidan xorijga chiqish biometrik pasportini quyidagi fuqarolarga rasmiylashtiriladi:
- xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro‘yxatida turuvchilar;
- O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan va 6 oydan ko‘p muddatga xizmat safari, o‘qish, davolanish, kontrakt bo‘yicha ishlash, oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga vaqtinchalik chiqqan xamda konsullik ruyxatida turganlarga.
✅ Pasport olish haqida tegishli idoralarga murojaat qilinganda, hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab, O‘zbekiston hududida - 10 kun muddatda, xorijda esa – diplomatik postga jo‘natilish jadvaliga asosan amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslar qo‘yidagi xolatlarda harbiy xizmat o‘tashdan ozod etiladi:
- salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;
- yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
- ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.
✅ Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- belgilangan shakldagi iltimosnoma;
- qabul kiluvchi tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi;
- milliy pasport yoki fuqaroligi yuq shaxs uchun hujjat;
- uy-joy egasining vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga yozma roziligi va uy-joyga bo‘lgan huquqini belgilovchi hujjatlar;
- davlat boji to‘langanligi hakida kvitantsiya (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat boji to‘lashdan ozod etilganlar, bundan mustasno).