Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13194 marta o'qildi

Mamlakatni vaqtincha ishlash uchun tark etayotgan fuqarolar uchun 1000 AQSh dollari ekvivalentida iste’mol krediti beriladi.

  • Ushbu kredit Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan shartnoma tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
  • Kredit mamlakatdan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini boshlash bilan bog‘liq dastlabki xarajatlarni to‘lash uchun beriladi.        

Mehnat migrantlariga xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda 2 mln. so‘m miqdorida bir yil muddatga beriladi:

  • 2020-yil 1 yanvardan — Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasida;
  • 2021-yil 1 yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkada.

Kredit uchun talab qilinadigan hujjatlar
  • bank tomonidan belgilangan shakldagi ariza;
  • qarz oluvchi va qo‘shimcha to‘lovchining pasporti;
  • mehnat organining iltimosnomasi.

  • Sug‘urta kompaniyalariga yiliga bir marotaba xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun sug‘urtalangan har bir mehnat migranti uchun 50 ming so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etiladi.
Chat