Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20721 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi - davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir.

Hisob palatasining asosiy vazifalari:
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini o‘tkazish;
  • qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish;
  • davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • byudjet tizimi byudjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rganish hamda nazorat qilish;
  • byudjet tizimi byudjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish;
  • byudjet tizimi byudjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash;
  • byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash;
  • soliq, bojxona va byudjet to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda o‘rganish orqali byudjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan etarlicha ta’minlashiga doir takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish.
  • davlat boshqaruv organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy qilishga, shuningdek uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish.

  • Hisob palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Hisob palatasining raisi rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.
  • Hisob palatasi raisining vakolatlari

Hisob palatasining mansabdor shaxslari xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega.

Hisob palatasining vakolatlari
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda o‘zga tashkilotlardan o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallar, ma’lumotlar va tushuntirishlarni so‘rab oladi;
  • o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan banklarning ma’lumotlar bazasidan foydalanadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan davlat mablag‘larining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona g‘azna hisobvarag‘idagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oladi;
  • davlat organlarini va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlarini va ayrim mutaxassislarni nazorat o‘tkazish uchun o‘z vakolatlari doirasida jalb etadi;
  • Davlat byudjeti daromadlari prognozining to‘g‘riligini baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning to‘liq yig‘ilishini va soliq solish ob’ektlarining to‘liq hisobga olinishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazoratga moliya, soliq organlarining hamda boshqa davlat organlarining xodimlarini jalb etadi;
  • o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki va yakuniy nazoratni amalga oshiradi;
  • siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda bu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari bo‘yicha tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xulosa taqdim etadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditini va uni baholashni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil qilingan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalarining moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • nazorat natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalar, taqdimnomalar, tahliliy ma’lumotlar va xulosalar kiritadi;
  • nazorat o‘tkazish davrida jinoyat alomatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, shu jumladan korruptsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
  • nazorat natijalari bo‘yicha davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijro etilishi jarayoni to‘g‘risidagi axborot «ijro.gov.uz» axborot tizimi orqali to‘liq, haqqoniy tarzda va o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga hamda samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikni, shu jumladan byudjet tashkilotlari, byudjetdan mablag‘ oluvchilar, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarni birgalikda nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni tashkil etadi;
  • Hisob palatasi bilan oldindan kelishib olinishi lozim bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha xulosa beradi;
  • byudjet va smeta-shtat intizomini buzganlikda, shuningdek Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortadi;
  • O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilishga haqli;
  • o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

  • Hisob palatasi o‘z faoliyatini Hisob palatasi vakolatlariga kiruvchi masalalar ustidan ta’sirchan tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlarining yillik dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi strukturasi

Chat