Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15297 marta o'qildi

Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi.

  • Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak

Arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
  • arz qilinayotgan talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
  • javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
  • arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa.

Sudьya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.

Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.          

Da’vogar bitta arizada o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga haqli.

Sud tomonidan ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun da’vogarga nisbatan qarshi da’vo taqdim etishga haqli.

Qarshi da’vo taqdim etish da’vo taqdim etish to‘g‘risidagi umumiy qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Chat