Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5187 marta o'qildi

Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.

  • Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi:
    • ish sudga taalluqli bo‘lmasa;
    • fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud tomonidan chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etilgan hollar mustasno;
    • hakamlik sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tarzda ijroga qaratish yuzasidan ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
    • ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
    • ishda taraf hisoblangan fuqaroning o‘limidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
    • da’vogar da’vosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa;
    • kelishuv bitimi tuzilib, u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;
    • da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, bunda shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qo‘llash imkoniyati boy berilgan bo‘lsa;
    • to‘plangan materiallar yo‘qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun etarli bo‘lmasa.

Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, davlat bojini byudjetdan qaytarish va sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.

Ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat