Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11173 marta o'qildi

2021-yil 1 yanvardan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila a’zosi sifatida e’tirof etilgan va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelgan shaxslarga:

  • a) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi:
  1. tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka o‘qish;
  2. kredit olishda ta’minot sifatida taqdim etiladigan sug‘urta polisi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;
  • a) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoki kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan vaqtdan boshlab birinchi 3  oy davomida ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini to‘lash xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi.
  • b) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Chat