Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 49873 marta o'qildi

Davlat soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun smartfon qurilmangizga Play Market orqali “Soliq mobil ilovasini yuklab oling.

1. Ilovani ochib, “O‘zini o‘zi band qilish” bo‘limini tanlang. 

2. O‘zingizga tegishli jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR-PINFL) kiriting yoki elektron raqamli imzo (ERI) kaliti orqali shaxsingizni tasdiqlang. 

JShShIRni pasportingizdan bilib olishingiz mumkin. JShShIRni aniqlash tartibini bilmasangiz, “Yordam kerakmi?” bo‘limiga murojaat qiling. 

3. JShShIRni kiritganingizdan so‘ng (agar siz avval soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz) navbatdagi “Shaxsini tasdiqlash” oynasi ochiladi. 

Unga telefon raqamini kiritish lozim. Shundan so‘ng siz kiritgan telefon raqamiga SMS tarzda tasdiqlash kodi yuboriladi.

4. Mobil telefoningizga kelgan SMS xabardagi tasdiqlash kodini kiriting va “Ro‘yxatdan o‘tish”ni tanlang. 

5. Kiritilgan ma’lumotlar asosida elektron ariza shakllanadi. 

6. Agar sizning elektron raqamli imzo kalitingiz bo‘lsa, unda “Eri orqali ro‘yxatdan o‘tish”ni tanlang. Bunda jarayon tezroq amalga oshadi.


7. Ochilgan Ariza oynasida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan faoliyat turini tanlang. Agar lozim bo‘lsa bir nechta xizmat (ish) turini tanlash mumkin. 

8. Shundan so‘ng ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan faoliyat joyi (tuman shahar)ni tanlang.  

9. Kiritilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirib bo‘lgach, “Ro‘yxatdan o‘tish”ni tanlang. Shundan so‘ng, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kodga ega ma’lumotnoma shakllanadi.  

10. QR kodli ma’lumotnomani xohishingizga ko‘ra yuklab olib, qog‘oz shaklida chiqarib olishingiz mumkin. Buning uchun “Ma’lumotnoma” oynasidagi “Ko‘rish” yoki “Yuklab olish” bo‘limini tanlash lozim.


11. Ma’lumotnoma namunasi: 

12. Ko‘rsatilgan barcha harakatlar tugagach, «o‘zini o‘zi band qilgan» maqomini rasman ro‘yxatdan o‘tkazish tugatiladi – qonuniy faoliyat uchun imkoniyat faollashadi.

Chat