Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20612 marta o'qildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablari tashkil etildi.

  • Ixtisoslashtirilgan va boshqa umumta’lim maktablarida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining «Bir million dasturchi» loyihasiga oid o‘quv dasturlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlandi.
  • 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilari «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qituvchilarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va IT-parkning mablag‘lari hisobidan har yili BHMning 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimini joriy qilindi.
  • Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturini ishlab chiqish doirasida «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishning zamonaviy tendentsiyalariga muvofiqlashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalarining informatika va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilari mazkur oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Umumta’lim maktablarining «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotli va kamida bir yil pedagogik ish stajiga ega o‘qituvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy o‘qitish shaklida to‘lov-kontrakt asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi

Chat