Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11683 marta o'qildi

Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Ariza beruvchi YaIDXPda avtorizatsiyadan o‘tadi va ijaraga beruvchi sifatida ma’lumotlarni to‘ldiradi.
  2. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijara shartnomasi loyihasi uchun identifikatsiya kodini beradi yoki ijaraga oluvchining o‘zi "Ariza (loyihani) tekshirish" orqali kodni olishi mumkin.
  3. Ijaraga oluvchi shartnoma loyihasini identifikatsiya kodi yordamida tasdiqlash orqali arizani davom ettiradi va arizani jo‘natadi.
  4. Ijara shartnomasi avtomatik ravishda tuziladi va ro‘yxatdan o‘tgan shartnomani yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Bog‘lanish: Ushbu xizmatdan foydalanish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha (71) 244-32-82 telefoniga murojaat qilish mumkin

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish muddati: Bir zumda

Xizmat narxi: Bepul

Chat