Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4471 marta o'qildi

Er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuv

Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi
Ulushli mulkdagi mol-mulk er/xotin o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin.

Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan:
  • 1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
  • - O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • - harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • - chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • - fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
  • 2. Nikoh haqidagi guvohnomasi (er/xotin uchun), nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma (Nikoh 1998-yildan 15.09.2010-yilgacha bo‘lgan davrda bekor qilingan taqdirda, nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarorini taqdim etish kerak).
  • 3. Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat:
  • 4. Ko‘chmas-mullka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat va kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti);
  • 5. Avtomototranspor uchun - DYHXX berilgan Transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi;
  • 6. Boshqa turdagi mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.
  • 7. Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).

Notarial harakatni ishtirokchilari

  1. Bir tarafdan: Er
  2. Boshqa tarafdan: Xotin

Xizmatni olish muddati: 60 daqiqagacha

Xizmatni olishning yakuniy natijasi: Er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuv

Chat