Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20966 marta o'qildi

«Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi monitoringi ularning individual dasturlari orqali monitoring qilinadi.

  • Individual dasturlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yuritiladi.
  • Anketa-so‘rovnomalar va individual dasturlarning asl nusxalari tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarida 5 yil muddat davomida saqlanadi.
  • Individual dasturda ko‘rsatilgan tegishli chora-tadbirlar ijrosi belgilangan mas’ullar tomonidan ta’minlanadi hamda individual dasturda qayd etib boriladi.
  • Mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan «Ayollar daftari»ga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar har ish kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi.
  • Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi hamda ma’lumotlarning asosliligini o‘rganish uchun har 10 kunda sektorlar rahbarlariga taqdim qiladi.

Sektorlar rahbarlari har oyning 1-sanasiga qadar taqdim qilingan ma’lumotlarni hamda amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda hokim yordamchilari bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi hamda amalga oshirilgan ishlarni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga kiritadi.

  • Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi bo‘yicha har oy yakunida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.
  • Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
  • Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi har oyda yakuniy ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar ma’lumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan ma’lumotlarni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga taqdim qiladi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
  • har oyda hududiy boshqarmalardan olingan ma’lumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan tahlil qiladi.
  • Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi «Ayollar daftari»ning yuritish uchun mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
  • Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hal qilinadigan masalalarni o‘rganadi.
  • Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.

  • Vazirlar Mahkamasi tahliliy ma’lumot va takliflarni ko‘rib chiqadi hamda zarurat bo‘lgan hollarda, «Ayollar daftari»ning yuritilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.
  • Barcha muammolar bartaraf etilib, individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar to‘liq bajarilgandan so‘ng «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar va mas’ullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar ro‘yxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga «Ayollar daftari»dan chiqarish uchun kiritiladi.
  • «Ayollar daftari» bilan ishlash tizimi natijasi bo‘yicha hisobot berish Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Chat