Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4177 marta o'qildi

“Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5012-son, 03.03.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan:

  • nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilgan (ma’lumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning bir kalendarь yilidagi jami summasi BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha oshiriladi;
  • nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro‘yxatdan hamda uning ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati 1 oydan 15 kungacha qisqartiriladi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi;
  • nodavlat notijorat tashkilotining alohida bo‘linmasi yuridik shaxs hisoblanadi, bunda alohida bo‘linmalarni hisobga qo‘yish tartibi bekor qilinadi.
  • Mahalliy NNTlarni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasi ajratiladi. 
  • 2021–2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida jami 15 ta kovorking-markazlari tashkil etiladi. 

Qarorga ko‘ra, faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNT hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun BHMning 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarini saqlash xarajatlariga hamda ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirishi uchun 1,1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Chat