Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3992 marta o'qildi

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (580-son, 06.10.2022-y.)

Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash,  Denov va Urganch dzyudo sport maktablarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumiy kontingenti o‘quvchilarning vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 210 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi

Dzyudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.

2022/2023 o‘quv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boshqa sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu maktablarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishi ta’minlanadi.

Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlaridan ta’lim olishi mazkur Dzyudo maktablarida tashkil etildi.

  • Dzyudo maktablari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali;
  • Dzyudo maktablari o‘quvchi-sportchilari uchun zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan ta’minlash normativlari;
  • Dzyudo maktablari o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi.
Chat