Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1829 marta o'qildi

Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan 25 kundan kechikmay 5— 10 to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.

  • Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tarkibining soni zarur bo‘lgan hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisining vazifalarini ularning rahbari amalga oshiradi.

Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi:

1) uchastka bo‘yicha referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini tuzadi;
2) fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
4) aholini ovoz berish o‘tkaziladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor etadi;
5) ovoz berish xonalari, kabinalari va qutilari hamda boshqa ashyolar tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
6) referendum uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
7) referendum uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
8) ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni o‘tkazish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
9) ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.

Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati

Chat