Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6942 marta o'qildi

1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bilan qaerdan tanishsam bo‘ladi?

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

2. Qachon saylov uchastkasiga ovoz berish uchun borish mumkin?

Ovoz berish referendum kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka komissiyasi referendum o‘tkaziladigan kunga kamida 10 kun qolganda fuqarolarni xabardor qiladi.

3. Xorijda bo‘lgan fuqaro ovoz berishda qatnashishi mumkinmi?
  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish fuqaroning turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.
  • O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi fuqarolarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda fuqarolarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.
  • Fuqarolarning turgan joyida ovoz berishi O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining kamida 2 nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi.
  • Ovoz berish tugaganidan keyin referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari ko‘chma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi ovoz berish byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni plombalaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
  • Ovoz berish byulletenlari solingan qop plombalangan holda dalolatnoma bilan birga referendum uchastkasiga olib boriladi va referendum kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.

4. Sog‘lig‘iga ko‘ra saylov uchastkasiga kela olmagan fuqaro qanday ovoz berishi mumkin?

Ayrim fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.

5. Agar men tasodifan saylov byulletenimni buzgan bo‘lsam, nima qilishim kerak?

Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.

6. Referendum qachon bo‘lishini qanday bilsam bo‘ladi?

Ovoz berish referendum kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka komissiyasi referendum o‘tkaziladigan kunga kamida 10 kun qolganda fuqarolarni xabardor qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan erlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalarida, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin.

7. Ovoz berish uchun pasport bo‘lishi shartmi?

Ovoz berish binosiga kelgach, fuqaro uchastka komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga ovoz berish byulleteni beriladi.

Biror-bir sababga ko‘ra ro‘yxatga kirmay qolgan fuqarolarning familiyalari shaxsni, turar joyni tasdiqlovchi hujjatga asosan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.

Chat