Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6868 marta o'qildi

Xodimlarga har haftada dam olish kunlari beriladi.

5 kunlik ish haftasida xodimlarga haftada 2 dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi. Aynan bitta ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun bajariladigan ishning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab ish haftasining har xil turlari belgilanishi mumkin.

5 kunlik va 6 kunlik ish haftasida umumiy dam olish kuni yakshanbadir. 5 kunlik ish haftasidagi ikkinchi dam olish kuni jamoa shartnomasida yoki ichki mehnat tartib qoidalarida yoxud smenalarga bo‘linib ishlash jadvallarida, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi.

Uzluksiz ishlaydigan ishlab chiqarishlarda yoki ishlab chiqarish-texnika sharoitlari bo‘yicha yoki aholiga doimiy uzluksiz xizmat ko‘rsatish zarurati oqibatida dam olish kunlari ishini to‘xtatish mumkin bo‘lmagan ishlab chiqarishlarda band bo‘lgan, shuningdek vaxta usulida ishlaydigan xodimlarga (xodimlar guruhiga) dam olish kunlari ichki mehnat tartib qoidalariga, smenalarga bo‘linib ishlash jadvallariga binoan haftaning har xil kunlarida navbatma-navbat beriladi.

Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:
  • 1-yanvar — Yangi yil;
  • 8-mart — Xotin-qizlar kuni;
  • 21-mart — Navro‘z bayrami;
  • 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
  • 1-sentabr — Mustaqillik kuni;
  • 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
  • 8-dekabrь — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
  • Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
  • Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Chat