Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 38690 marta o'qildi

Fuqarolar boshqa ma’muriy hududiy birlikka yoki chet elga doimiy yashash uchun ketayotganda hozirgi yashash joyidan doimiy ro‘yxatdan chiqarilishi lozim.

Vafot etgan shaxslar avtomatik tarzda doimiy ro‘yxatdan chiqariladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • ariza;
  • pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • mudofaa ishlari bo‘limidan hisobdan o‘chirilganligi haqida belgisi mavjud hisob-harbiy hujjatlar;
  • uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar bo‘yicha kartochka;
  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya.

Vakolatli organ: Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining joylardagi boshqarmasi va bo‘limlari.

Chat