Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4073 marta o'qildi

Ariza beruvchi Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan ajratiladigan subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. 

Bunda bir nafar ariza beruvchiga ajratiladigan ushbu subsidiyaning miqdori o‘qitish xarajati uchun ajratiladigan subsidiyaning jami miqdorini qo‘shgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim.
O‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

  • agar ariza 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
  • nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi («pdf» yoki «jpg» formatda). Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIR, bank hisobvarag‘i, joylashgan manzili, ariza beruvchi o‘qishni istagan kasb-hunar turi yoki ta’lim yo‘nalishi, o‘qish muddati, o‘qishning bir oylik va umumiy to‘lov miqdori ko‘rsatilishi lozim.

Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

  • transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, «pdf» yoki «jpg» formatda);
  • yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, «pdf» yoki «jpg» formatda).
  • Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
  • Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.

Ariza Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan o‘n besh ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda, ariza beruvchi subsidiya ajratishning keyingi bosqichiga o‘tadi.

Subsidiya ajratilishining Sxemasida ko‘rsatilgan qolgan barcha talablari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish (bunda bir nafar ariza beruvchiga ajratiladigan subsidiyaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim)

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Bunday murojaat ariza beruvchi tadbirkorlik sub’ekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab 180 kun davomida amalga oshirilishi lozim.

Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikat («pdf» yoki «jpg» formatda).

Subsidiya ajratilishining Sxemasida ko‘rsatilgan qolgan barcha talablari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Chat