Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4889 marta o'qildi

1. Parlamentning O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish bo‘yicha vakolatlari mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash parlamentning konstitutsiyaviy vakolati sifatida belgilandi.


2. Ilk marotaba xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari Asosiy qonunda belgilandi

Jumladan:

  • tegishli mahalliy byudjetlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash;
  • xokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish va boshqalar. 
    (Konstitutsiyada halq hokimiyatchiligi printsipini o‘rnatish fuqarolarning jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida (shu jumladan, ularning saylangan vakillari, ya’ni deputatlar orqali) ishtirok etish huquqida namoyon bo‘ladi, xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, fuqarolarda jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etish imkoniyatlari shunchalik keng bo‘ladi).
Chat