Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6369 marta o'qildi

Konstitutsiyaviy tuzatishlar O‘zbekiston Respublikasini siyosati ijtimoiy adolat va birdamlik tamoyiliga qaratilgan, fuqarolarning munosib turmush darajasi va sifatiga erishishga, muhtojlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy davlatga aylantiradi.

1. Davlat inson farovonligi va jamiyatni barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik printsiplari asosida amalga oshiradi

2. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan himoya qilinishini kafolatlaydi.

3. Davlat:

  • qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi;
  • tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishini kafolatlaydi.

4. Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

5. Er qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.

Chat