Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 618 marta o'qildi

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.

Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘taydilar.

Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Bunda haqiqiy harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kirayotgan shaxslar bilan dastlabki kontrakt 5 yilga tuziladi; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar (rezervdagi harbiy xizmatga majburlar) bilan yangi kontrakt 5 yilga yoki agar harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga etishiga 5 yildan kam qolgan bo‘lsa, kamroq muddatga tuziladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida 5 yil majburiy o‘tashi sharti bilan kontraktlar tuziladi.

Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

Chat