Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1609 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21 dekabrdagi PF-209-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tashkil etildi.

Uyushmaning asosiy vazifalari:
  • mahallaning xalq bilan davlat o‘rtasidagi «ko‘prik» vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga ko‘maklashish;
  • mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini ta’minlash;
  • har bir fuqaro o‘zi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini ta’minlashda mas’uliyatni sezishi, boqimandalikka o‘rganmaslik hissini yanada kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;
  • fuqarolarni o‘z uyi va ko‘chasini ozoda saqlashga, milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlarda mahallaning o‘rnini kuchaytirish, aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash choralarini ko‘rish;
  • «mahalla ettiligi» tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun safarbar etishda ko‘maklashish;
  • mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali echilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirish;
  • mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan byudjet mablag‘lari va boshqa mablag‘larning maqsadli va manzilli yo‘naltirilishini ta’minlash;
  • mahallalarning moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, ularga ajratiladigan mablag‘larni markazlashgan tarzda taqsimlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • mahalla mas’ullarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari shakllanishiga ko‘maklashish.

Mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:
  • a) mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan «mahalla ettiligi»ni tashkil qiladi;
  • b) mahalla raisiga 1-ilovadagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi;
  • v) quyidagilar:
  • hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi va xotin-qizlar faoli 2 — 4-ilovalarida keltirilgan vazifalarga;
  • profilaktika inspektori — mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashishga;
  • ijtimoiy xodim — og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va yordamlarni tashkil etishga;
  • soliq inspektori — tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjetining daromadini shakllantirishga mas’ul bo‘ladi.

2024-yil 1-martdan boshlab «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratishda byurokratiyadan xoli va mahallaning hamjihatligini aks ettiruvchi quyidagi yangi tartib joriy etildi:

  • jismoniy shaxslarni daftarlarga kiritish, shuningdek, daftarlar hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish «mahalla ettiligi»ning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi;
  • har oyning 5-sanasiga qadar daftarlar uchun mablag‘larni taqsimlovchi mas’ul tashkilotlar tomonidan jamg‘armalarda shakllangan mablag‘lar daftarlarga kiritilgan fuqarolar soniga mutanosib ravishda tegishliligi bo‘yicha har bir mahalla kesimida taqsimlanadi;
  • 5-ilovada keltirilgan ijtimoiy yordam turlarini ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish «mahalla ettiligi»ning kollegial qarorlari asosida amalga oshiriladi;
  • va boshqalar

2024-yil 1 yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda «Mahalla byudjeti» tizimi amaliyotga joriy etildi

Chat