Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11852 marta o'qildi

Shartnoma tuzilib to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng, sug‘urta qilingan shaxsga sug‘urta tariflari bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi shakli beriladi.

  • Maxsus davlat belgisi egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan transport vositasining old tomonidagi oynasining yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtiriladi.
  • Ushbu sug‘urta hisobidan to‘lab beriladigan sug‘urta pulining eng ko‘p miqdori - 40 mln. so‘m.

Bunda quyidagi miqdorda to‘lanadi
  • 35% gacha - jabrlanuvchining mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash;
  • 65% gacha - jabrlanuvchining sog‘lig‘i va hayotiga etkazilgan zararni qoplash.

Bir nechta jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga) tegadigan sug‘urta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda aniqlanadi.

Chat