Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan holda ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan (ularning biridan) olish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish ota-onaga (ulardan biriga) bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (ruhiyatning buzilishi yoki boshqa surunkali kasallik, og‘ir holatlarni boshdan kechirish va boshqalar) bola uchun xavfli bo‘lsa, ota-onalik huquqini cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
Agar bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish oqibatida ota-onaning xulq-atvori bola uchun xavf tug‘dirsa, ota-onani (ulardan birini) ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun esa etarli asoslar aniqlanmagan taqdirda ham ota-onalik huquqini cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
Ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sud ota-onadan (ularning biridan) bolaning ta’minoti uchun aliment undirish masalasini hal qiladi.